«Yoshlar ovozi» — Toshkentda 90,8 FM chastotasida kecha-kunduz eshittiriladigan yoshlar radiokanali bo'lib, poytaxt va Toshkent viloyatini qamrab oladi. Yoshlar ittifoqi homiyligida tashkil etilgan kanal o'zbek, rus va ingliz tillarida dasturlar tayyorlaydi va 10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan tinglovchilarga mo'ljallangan. Efirda yoshlarning qiziqishlari, ma'naviy rivojlanishi va ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlovchi eshittirishlar ustunlik qiladi.