«Qalbim navosi» — Toshkentdan onlayn efirga chiqadigan, o'zbek estradasi hitlariga ixtisoslashgan internet-radio. Uning pleylistida Munisa Rizayeva, Ozodbek Nazarbekov, Lola va Setora kabi mashhur ijrochilarning, ayniqsa muhabbat mavzusidagi qo'shiqlari uzluksiz aylanib turadi. Radiostansiya qalbimnavosi.uz sayti orqali kecha-kunduz tinglovchilar bilan birga.